Asosiy mazmunga o'tish

Diqqat: sayt sinov rejimida, ma'lumotlar hali to'ldirilmoqda.

UzRICT

15-sentabr, 2026-yil

O'zbekiston Kimyo Texnologiyalari Ilmiy-Tadqiqot Instituti faoliyatini boshladi

O'zbekiston – Koreya biznes forumi doirasida, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida institut rasman faoliyatini boshladi. Bu mamlakat kimyo sanoatini yangi bosqichga olib chiqish yo'lidagi ilk qadam bo'ldi.

O'zbekiston – Koreya biznes forumi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniya va moliya institutlari bilan qo'shma loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosim doirasida Toshkent shahrida O'zbekiston Kimyo Texnologiyalari Ilmiy-Tadqiqot Instituti faoliyatini boshladi.

Institut mamlakat kimyo sanoati uchun ilmiy tayanch bo'lib xizmat qiladi. Uning asosiy vazifalari — xomashyoni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish, yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan ta'minlash va ishlanmalarni sanoat miqyosiga olib chiqishdir.

Loyiha Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ilmiy-uslubiy jihatdan institut Koreya kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan yaqin hamkorlik qiladi, kadrlar tayyorlash dasturi doirasida esa yosh olimlar Koreyada malaka oshirmoqda.

Institutning faoliyat boshlashi mamlakat kimyo sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, xomashyo eksportidan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga o'tish yo'lidagi ilk qadam bo'ldi.

Manba: t.me

Yangiliklar