Asosiy mazmunga o'tish

Diqqat: sayt sinov rejimida, ma'lumotlar hali to'ldirilmoqda.

UzRICT

Umirov Abdilaziz Shaxobiddin o'g'li

Laboratoriya mudiri

Faoliyati va yutuqlari

Tadqiqot sohasi

  1. Fotovoltaik qurilmalar uchun musbat zaryad tashuvchi qatlam (HTL) materiallari. Organik, tandem va perovskit quyosh elementlarida musbat zaryad tashuvchi qatlam sifatida qo'llaniladigan organik molekulalarni, xususan SAM materiallarini modifikatsiya qilish va sintez qilish. Molekulyar tuzilishdagi o'zgarishlarning energiya darajalari va ular orasidagi farqqa ta'sirini o'rganish. Sintez qilingan materiallar fotovoltaik qurilmaga tatbiq etilib, fizik xususiyatlari tadqiq qilinadi.

  2. Organik quyosh elementlari uchun donor materiallar. Organik quyosh elementlarining faol qatlami uchun donor materiallarni modifikatsiya qilish va sintez qilish, shuningdek, ularning energiya darajalarini akseptor material bilan mosligini o'rganish orqali zaryad ajralishi va ko'chishi jarayonlarini optimallashtirish.

  3. Materiallarni zamonaviy analitik usullar yordamida kompleks tadqiq qilish. Sintez qilingan moddalarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini zamonaviy analitik asbob-uskunalar yordamida har tomonlama tahlil qilish va tavsiflash.

Ta'lim

O'zbekiston Milliy Universiteti — Bakalavr darajasi, Kimyo

University of Science and Technology, Korea — Magistr darajasi, Ilg'or texnologiyalar va kimyoviy muhandislik

Korea Research Institute of Chemical Technology — Talaba tadqiqotchi, Ilg'or texnologiyalar va kimyoviy muhandislik

Maqolalar va tezislar

Maqolalar va tezislar soni: 2

Yejin Kim, Jiyoun Kim, Abdilaziz Umirov, Taek Ahn & Sang Kyu Lee. Systematic exploration of spacer units in nonfused benzene-core non-fullerene acceptors: tuning electronic properties for organic solar cells. Molecular Crystals and Liquid Crystals, 2025, Vol. 769, No. 6, 607–613. DOI: https://doi.org/10.1080/15421406.2025.2494306

Tel: +998900130212

Xodimlar