Asosiy mazmunga o'tish

Diqqat: sayt sinov rejimida, ma'lumotlar hali to'ldirilmoqda.

UzRICT

Juraev Ogabek Oybek o'g'li

Ilmiy xodim

Faoliyati va yutuqlari

Organik kimyo va materialshunoslik yo'nalishida NIR/NIR-II xromoforlari hamda funksional organik bo'yoq va pigmentlarni tadqiq etishda hammuallif sifatida ishtirok etdi. Jumladan, ICG asosidagi polimerlashtirilgan NIR xromoforining (KR-NIR-P) fotobarqarorligi va biologik tasvirlash uchun yaroqliligini o'rganish, shuningdek, Vat Brown 72 pigmentining fototermik xususiyatlari yordamida PET plastigini quyosh energiyasidan foydalanib depolimerlash texnologiyasini ishlab chiqishda qatnashdi.

Tadqiqotlari NIR bo'yoqlari, fototermik jarayonlar va aylanma iqtisodiyotga xizmat qiluvchi polimerlarni kimyoviy qayta ishlash yo'nalishlarini qamrab oladi.

Asosiy nashrlar:

  1. Indocyanine Green-Inspired Polymeric Chromophores with Intrinsic Photostability for Near-Infrared Imaging. Small, 22 (2026), e12617. Impact Factor: 11.8. DOI: 10.1002/smll.202512617

  2. Ultrafast Self-Catalytic Photothermal Depolymerization of Pigment-Embedded PET. Chemical Engineering Journal (2026). Impact Factor: 12.5

Xodimlar